Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buvi va nevara 6,7 kg tillani yashirincha olib o‘tayotgani aniqlandi

Buvi va nevara 6,7 kg tillani yashirincha olib o‘tayotgani aniqlandi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan «Malik» chegara o‘tkazish punktida yirik miqdordagi qimmatbaho zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.

Bojxona punkti orqali harakatlanayotgan fuqarolardan biri xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, ichki kiyimlari orasidan oyoqlarining yuqori qismiga 19 dona o‘ram yashirganligi aniqlandi.

Mazkur o‘ramlar belgilangan tartibda ochib ko‘rilganida ularning ichida 9 turdagi 468 dona qimmatbaho metalldan yasalgan va brilliant toshlar bilan bezatilgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Qarang-ki, ushbu shaxs zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishda yonidagi 14 yoshli nevarasidan ham foydalanishga uringan. Voyaga yetmagan ushbu shaxs ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning ham ichki kiyimlari orasiga 12 dona o‘ram yashirilgani aniqlandi. Mazkur o‘ramlarda esa 8 turdagi 454 dona taqinchoqlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Shunday qilib, bojxona nazoratidan yashirilgan jami 922 dona tilladan yasalgan brilliant toshlar o‘rnatilgan zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 6,7 kg.dan oshmoqda, umumiy qiymati esa 5,6 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, respublikamizga jismoniy shaxslar tomonidan 65 gr.gacha og‘irlikdagi qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini bojsiz olib kirishga ruxsat etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring