Buxoro bo‘ylab O‘zbekiston bayrog‘i marshi tashkil etildi (video)
Buxoroda O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan qadimiy eski shahar bo‘ylab 100x18 hajmdagi bayroq marshi tashkil etildi.
O‘zbekiston bayrog‘i ostida Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi, ichki ishlar idoralari, yoshlar tashkilotlari vakillari hamda minglab aholi birlashishdi.
«Bejizga bayroq – mustaqillik ramzi sanalmaydi. 1991 yilda O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilinggach, davlatimiz yana o‘z bayrog‘iga ega bo‘ldi. O‘z g‘ururi va milliyligini qayta tikladi. Bayroqda qadimiy tarix, madaniyat va mustaqillik aks etdi. Bayroq o‘tmishimiz va ertangi kunimizning muqaddas timsoli ekan, uni asrash, nafaqat, tarixni hurmat qilish balki, ona yurt va xalq oldidagi burchga sodiqlik, demakdir! Buxoro eski shahri bo‘ylab tashkil etilgan yirik bayroq marshi mahalliy aholi, xorijlik sayyohlarga ham shukuh bag‘ishladi, deb o‘ylayman», — deydi Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter