Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Men baribir o‘lib ketaman...» – Buxoro shahri prokurori navbatdagi murojaat bilan chiqdi

«Men baribir o‘lib ketaman...» – Buxoro shahri prokurori navbatdagi murojaat bilan chiqdi

Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov deya tanishtirgan shaxsga tegishli videomurojaat tarqalgani xabar qilingandi.

Murojaatda prokuror unga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani va qanday qonunbuzilishlar aniqlansa, bunga javob berishini aytib, respublika bosh prokurori va uning uch nafar xodimiga aloqador jinoyatlar hamda boshqa ma’lumotlarni fosh etmoqchiligini ma’lum qilgandi.

Ko‘p o‘tmay, holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi. Unda Buxoro shahridagi tadbirkorning Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekshirilayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, J.Fozilovning 2020-yil 11-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida bildirgan holatlarga to‘liq va haqqoniy baho berilishi bildirildi.

Bugun, 12-dekabr kuni Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilovning navbatdagi videomurojaati tarqaldi.

Unda kecha e’lon qilingan bayonotidan keyin Bosh prokuratura tomonidan tekshiruv kuchaytirilgani aytiladi. Shuningdek, holat bo‘yicha faktlarni faqat Prezident Administratsiyasi tekshirishini so‘raydi. Jumladan, tafsilotlarni shaxsan Administratsiya rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga aytib berishini bildiradi.

«Prezidentimizdan ming bor uzr so‘rayman... Men sizga murojaat qilsam, o‘sha yergachayam olib borishmaydi. Yo‘lda yo‘q qilib yuborishlari mumkin...», deydi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring