Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda yangi qurilayotgan uch qavatli bino qulab tushdi

Buxoroda yangi qurilayotgan uch qavatli bino qulab tushdi

Joriy yilning 31-oktyabr kuni soat 16:03 larda Buxoro shahar, «Do‘stlik» MFYda joylashgan qurilishi tugallanmagan «Kogon Quruvchi montaj» MChJga qarashli 3-qavatli binoning tom qismida qurilish materiallarining vazndan ortiq yuklanishi natijasida binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) qulagan.

Mazkur qurilishi tugallanmagan binoda quruvchi bo‘lib ishlayotgan, 1973-y.t R.K. bino qulashi oqibatida tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida yotqizilgan.

Qurilish vazirligi matbuot xizmatigi ko‘ra, mazkur holat qurilish sohasidagi nazorat inspeksiya tomonidan o‘rganilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring