Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi markaziy bozorda yong‘in yuz berdi

Buxorodagi markaziy bozorda yong‘in yuz berdi

Foto: Xabar.uz

Buxoro shahridagi markaziy «Karvon savdo kompleksi»dagi umumiy ovqatlanish oshxonasida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 14-iyul kuni soat 01:31 da «112» tizimi orqali Buxoro shahrining Gazli shoh ko‘chasida joylashgan «Karvon savdo kompleksi» hududidagi umumiy ovqatlanish oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Qutqaruv bo‘linmalari soat 01:40 da manzilga yetib borib, yong‘inni soat 01:42 da qurshab olgan va soat 02:05 da to‘liq bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida umumiy ovqatlanish oshxonasining 36 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor va samarali harakatlari tufayli oshxonaning 150 kvadrat metr qismi hamda atrofda joylashgan savdo do‘konlari yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar yo‘q. 

Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring