Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buyuk Britaniya Qozog‘iston iqtisodiga sarmoya kiritadi

Buyuk Britaniya Qozog‘iston iqtisodiga sarmoya kiritadi

Buyuk Britaniya Qozog‘istonga neft va gaz eksportining yangi yo‘nalishlarini topishda yordam beradi hamda Qozog‘iston iqtisodiyotiga sarmoya kiritadi. Bu haqda shanba kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

«Men Qozog‘iston tomon bilan nefti va gazi oqimidagi uzilishlarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldim. Biz Buyuk Britaniya «O‘rta koridor» loyihasini qo‘llab-quvvatlashi, Qozog‘iston mahsulotlarini eksport qilishning muqobil yo‘llarini topish uchun nima qilishi mumkinligi haqida gaplashdik. Xoh u neft va gaz bo‘lsin, xoh boshqa narsa», — dedi Kleverli jurnalistlar uchun brifingda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, London Ostona xalqaro hamkorlar bilan ishlash uchun bir nechta variantga ega bo‘lishidan manfaatdor va uning sarmoya kiritish tajribasini hisobga olgan holda qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

«Qozog‘iston o‘zining xalqaro hamkorlari bilan hamkorlik qilish uchun bir qancha imkoniyatlarga ega bo‘lishi bizning manfaatlarimizga mos», - deydi Kleverli.

Tashrif chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari muhokama qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring