O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning yangi soni ma’lum qilindi
2020 yil 23 aprel soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1735 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Bundan avval bemorlar soni 22 aprel soat 23:00 da e’lon qilingan bo‘lib, 1716 nafarni tashkil qilgan edi. Qariyb bir kun mobaynida mamlakatda 19 nafar yangi bemor qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda kasallikdan tuzalganlar soni 503 nafar, vafot etganlar 7 nafarga teng.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter