Chet elga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga tushdi
Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh tibbiyot universitetiga imtihonlarisiz o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Marg‘ilon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ya.A. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh tibbiyot universitetiga kirish imtihonlarisiz o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter