Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari davom etmoqda

Chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari davom etmoqda

Chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini zararli chigirtka 3-4 yoshida bo‘lganida o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bu zararkunanda qanot chiqargunigacha bulgan faza. Sababi chigirtka qanot chiqarganidan so‘ng bir kunda kamida 50-60 kilometr masofani bosib o‘tishi va yo‘lida uchragan barcha yashillikni yeb bitirishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlari hududlarida tungi kimyoviy ishlov berish tadbirlari tongga qadar olib borilib, bugungi kunda saksovul bukur chigirtkasi bartaraf etilmoqda.

Muhim eslatma: saksovul bukur chigirtkasi qishloq xo‘jaligi ekinlari, yaylovlarga xavf tug‘dirmaydi!

Bu turdagi to‘da hosil qiluvchi chigirtkalar saksovul bilan oziqlanadi. Hasharot saqsovulzorlarga zarar yetkazmasligini ta’minlash  maqsadida kimyoviy tadbirlar monitoring asosida olib borilmoqda.

Alohida e’tibor transchegaraviy hududlarga qaratilib, qo‘shni davlatlardan zararli hasharot kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Chishirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati xodimlari tomonidan chegaradosh viloyatlarda tunu kun nazorat tadbirlari olib borilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring