Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cittaslow Turkiya: sokin shaharlar soni 27 taga yetdi (foto)

Cittaslow Turkiya: sokin shaharlar soni 27 taga yetdi (foto)

Janubiy Koreyaning Vando orolida Cittaslow Milliy Assambleyasi bo‘lib o‘tdi va tadbirda Denizlining janubida joylashgan Chameli qishlog‘i Cittaslow tarmog‘iga qo‘shilgani e’lon qilindi. Va shu bilan Turkiyadagi Cittaslow shaharlari soni 27 taga yetdi. Bu e’tirof Chamelining atrof-muhit va tabiiy go‘zallikni, shuningdek, uning barqaror turmush tarzi va madaniy o‘ziga xosligini saqlashga sodiqligini ta’kidlaydi. Qolaversa, u an’anaviy ildizlarga ega sayohat tajribasini izlayotganlar uchun mukammal tanlovga aylandi. 

Chameli: Tabiat, sarguzasht va madaniyat 

Denizli shahar markazidan taxminan 110 kilometr janubda joylashgan Chameli qo‘l tegmagan tabiiy go‘zalligi va asrlar davomida shakllangan an’analari, sokin hayot tarzi bilan ajralib turadi. Yam-yashil tepaliklar, mayin shabadalar va an’anaviy aholi punktlari uyg‘unlashib, vaqtning asta-sekin orombaxsh ohangga singib ketadigan manzarasini yaratadi. Tuman ulug‘vor qarag‘aylar, shitirlagan eman barglari va doim yashil archalarga boy o‘rmonlar bilan o‘ralgan. Tabiati - yam-yashil baland tog‘ va tog‘ yon bag‘irlari, hayratomuz sharsharalar va osmonni aks ettiruvchi tiniq suv havzalari. Bu ko‘zni qamashtiruvchi go‘zalliklarning bari Chamelida. 

Chamelida ko‘plab ochiq havo sarguzashtlarini topish mumkin. Piyoda va velosport yo‘llari ulkan tog‘lar va yorqin daryolar bo‘ylab o‘tadi. Bu manzara, shuningdek, fotosuratchilarga ulug‘vor tabiatning ajoyib lahzalarini suratga olish imkonini beradi. Bu go‘zal maskan Turkiyaning turli burchaklaridan va hatto xorijiy mamlakatlardan ham sportchilar hamda shijoatli havaskorlarni o‘ziga chorlaydigan parashyut chempionatlari va velofestivallarga mezbonlik qiladi. 

Chameli — an’anaviy turk hayot tarziga samimiy bir nazar tashlash imkonini beradi. Bu yerda mahalliy aholi hanuzgacha organik dehqonchilik va yig‘im-terim bilan shug‘ullanadi, ko‘p asrlik usullardan foydalangan holda an’anaviy ta’riflar tayyorlaydi, to‘qimachilik, yog‘och o‘ymakorligi bilan shug‘ullanadi va mehmondo‘stlik hamda jips jamoa ruhini asrab keladi. G‘aroyib tosh uylar orasida sayr qilib, Chameli loviyasi va yangi alabalik kabi mahalliy lazzatlardan tatib ko‘rishni unutmang! 

Denizli: Qadimgi shaharlardan uzumzorlargacha 

Denizli shahri Egey, Markaziy Onado‘li va O‘rta yer dengizining chorrahasida joylashgan bo‘lib, u yerda xettlar, frigiyaliklar, lidiyaliklar, rimliklar va sharqiy rimliklarning izlari mavjud. Denizlida travertinlari bilan mashhur bo‘lgan YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Hiyerapolis hamda Kolossa, Tripolis, Laodikiya, Gerakliya va Attuda qadimiy joylar joylashgan. Shahar so‘nggi paytlarda uzumchilik an’analari bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Chal tumani Chal uzumzor yo‘nalishi va shu yerda yetishtiriladigan mahalliy “Chal karasi” uzumlari bilan mashhur. Turkiyada sharob uchun yetishtiriladigan uzumning qariyb 19 foizini tashkil etuvchi ushbu nafis nav o‘zining past tanin miqdori, yumshoq ta’mi va xushbo‘y aromati bilan qadrlanadi. 

Turkiya: Haqiqiy Cittaslow jannati 

Cittaslow harakati globallashuv shahar hayotini bir xillashtirib, uning o‘ziga xos qiyofasini yo‘qotayotgani haqidagi xavotirlarga javoban yuzaga kelgan tashabbusdir. Cittaslow shaharlarida hayot juda sokin suradi va mahalliy pazandachilik, me’morchilik, an’analar va tarix yaxshi saqlangan. 

Cittaslow Turkiya tarmog‘i 2009 yilda Izmirning Seferihisar tumanini bu uyushmaga qo‘shilishi bilan tashkil topgan bo‘lib, yillar davomida yangi shaharlar qo‘shilishi bilan asta-sekin kengayib bormoqda. Bugungi kunda Cittaslow tarmog‘i boy madaniy merosi bilan mashhur Turkiyaning yetti mintaqasiga yoyilgan yigirma uch viloyatda joylashgan yigirma yetti tumanni qamrab oladi. Turkiyaning “sokin shaharlar” safiga quyidagilar kiradi: Ahlat, Akyaka, Arapgir, Chameli, Daday, Egirdir, Finike, Focha, Go‘kcheada, Gerze, Goynuk, Gudul, Halfeti, Ibradi, Iznik, Kemaliye, Ko‘yjeg‘iz, Mudurnu, Pershembe, Safranbolu, Sharkoy, Shavshat, Seferihisar, Uzundere, Vize, Yalvach va Yenipazar.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring