Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Cobalt narxi Rossiyada qancha?

Cobalt narxi Rossiyada qancha?

Foto: «Za Rulyom»

Rossiya ikkilamchi bozorida O‘zbekistonda yig‘ilgan Chevrolet Cobalt (ushbu model Ravon R4 nomi ostida sotilmoqda) mashinasining ishonchlisini topish mumkin, dedi «Za Rulyom» jurnalining avtoeksperti Sergey Zinovev.

Modelning kuzovi uzunligi — 4479 mm, klirensi — 155 mm. Yukxonasi sig‘imi — 563 l.

«Agregatlar jamlanmasi «Jentra»niki kabi: motori — B15D2 1.5 (107 ot kuchi), avtomat yoki mexanika. To‘g‘ri, ayrim farqlari bor... 156 ming kmdan so‘ng jiddiy reviziya o‘tkazdik: barcha asosiy komponentlar, jumladan dvigatel, yaxshi texnik holatda», — dedi ekspert.

Zinovevning aytishicha, model (Ravon R4) 2011-yildan 2023-yilgacha ishlab chiqarilgan. Ikkilamchi bozorda bu avtomobillar 300 ming rubldan 1,5 mln rublgacha (3 800 dollardan 19 000 dollargacha) sotilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring