Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusni davolashda qo‘llanilayotgan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi — SSV

Koronavirusni davolashda qo‘llanilayotgan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi — SSV

Illyustrativ foto

COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalarning oltinchi nashrida shifokor nazorati asosida qo‘llaniladigan dori-darmonlar ham keltirib o‘tilgan. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Aytib o‘tish lozimki, bu galgi qo‘llanmani ishlab chiqish guruhiga mamlakatimizning taniqli va nufuzli olimlari bilan birga, ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni bevosita davolashda ishtirok etayotgan shifokorlar, xususan, reanimatolog va boshqa tor soha vrachlari kiritilib, ular tomonidan o‘z tajribasida samarali deb topilgan dori vositalari tavsiya etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Habibullo Oqilov bemorlarni davolashda qo‘llanilishi belgilangan dori vositalari haqida batafsil ma’lumot berdi:

Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar uchun:

  • Gidroksixloroxin (homilador ayollar, bolalar, 65 yoshdan oshgan bemorlar, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlar qabul qilishi mumkin emas).

Kasallik klinik belgilarsiz kechganda:

  • Gidroksixloroxin (shifokor qaroriga ko‘ra);
  • Sink preparatlari;
  • D vitamini;
  • S vitamini;

COVID-19ning yengil shaklida:

  • Paratsetamol;
  • Ibuprofen;
  • Favipiravir;
  • Gidroksixloroxin;
  • Sink;
  • D vitamini;
  • S vitamini;
  • Nafazolin, Ksilometazolin (burun uchun, rinoreyani davolashda);
  • Azitromitsin (shifokor qaroriga ko‘ra).

COVID-19ning o‘rta og‘ir shaklida:

  • Paratsetamol;
  • Ibuprofen;
  • Favipiravir yoki remdesivir;
  • Antikoagulyantlar (Enoksaparin);
  • Antiagregantlar (Asetilsalitsil kislotasi);
  • Kortikosteroidlar (Deksametazon)
  • Antibiotiklar (shifokor qaroriga ko‘ra).

COVID-19ning og‘ir shaklida:

  • Paratsetamol;
  • Ibuprofen;
  • Remdesivir;
  • Antikoagulyantlar (Enoksaparin);
  • Antiagregantlar (Asetilsalitsil kislotasi);
  • Kortikosteroidlar (Deksametazon);
  • Sefalosporinlar + makrolidlar;
  • Parenteral atsetilsistein va boshqalar

O‘tkir nafas olish qiyinlashuvi sindromida:

  • Antikoagulyantlar (Enoksaparin);
  • Antiagregantlar (Asetisalitsil kislota);
  • Kortikosteroidlar (Deksametazon);
  • Parenteral atsetilsistein;
  • Omeprazol, Ranitidin va boshqalar.

Sepsis va sepsik shokda:

  • N2 retseptorlari antagonistlari yoki Proton pompasi ingibitorlari (Ranitidin, Omeprazol);
  • Kortikosteroidlar (Deksametazon);
  • Prokinetik dorilar (Metoklopramid, Domperidon, Eritromitsin) va boshqalar.

ESLATMA!

Bolalar, homilador ayollar, yurak aritmiya kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun xloroxin va gidroksixloroxin (+/- azitromitsin); shuningdek, boshqa bemorlarni davolashda terapevtik yoki profilaktik maqsadlarda antibiotiklar buyurish, virusga qarshi preparatlar (Lopinavir/ritonavir, Remdesivir, Umifenovir), immunomodulyatorlar (Totsilizumab, Interferon-1a, Interferon-alfa-2b), interferon induktorlari va immunostimulyatorli dorilar, metabolik dorilar tavsiya etilmaydi.

DIQQAT!

Kasallikning har qanday darajasidan qat’iy nazar har bir dori vositasi shifokor tavsiyasiga ko‘ra va uning nazorati ostida qabul qilinishi shart.

Uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga osma ukollar (kapelnitsa)dan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring