Dam olish kunlari bizni qanday ob-havo kutayotgani ma’lum qilindi
Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun O‘zbekistonda quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 35-37° ni, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda 41-43° gacha ni tashkil etadi.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ushbu kunlarda harorat me’yordan 1-2° ga ko‘p bo‘ladi va 33-36° ni, janubda va cho‘l hududlarida 37-40° ni tashkil etadi.
Respublikaning ayrim hududlarida shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter