«Damas» haydovchisiga qo‘l ko‘tarib, ayollarni bo‘ralatib so‘kkan MFY raisi «ishi»ni prokuratura o‘rganadi
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumaniga qarashli «Fidokor» MFY raisining ishini prokuratura o‘rganadi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov «Xabar.uz» so‘roviga javoban ma’lum qildi.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada Muzrabot tumani «Fidokor» MFY raisi G‘ulom Mamadiyev «Damas» rusumli avtomashinani to‘xtatib, unda ketayotgan bir necha nafar ayollarni majburan tushirib olib, ularni «paxtaga chiqmayotganlik»da ayblash asnosida uyatsiz so‘zlar bilan qattiq haqorat qiladi. Shuningdek, haydovchiga qo‘l ko‘tarib, uni ham bo‘ralatib so‘kadi. Ayni jarayonga guvoh bo‘lgan profilaktika inspektori esa tomoshabinlikdan nariga o‘tmaydi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter