Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatlari: hozirgi holat, zamonaviy tendensiyalar, rivojlanish ustuvorliklari

Davlat xizmatlari: hozirgi holat, zamonaviy tendensiyalar, rivojlanish ustuvorliklari

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Bugun, 21-sentyabr kuni Toshkentdagi «Miran International» mehmonxonasida «Davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tyapti. Unda Buyuk Britaniya, Ispaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi mamlakatlardan yetuk mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar vakillari, qator vazirlik va davlat idoralari rahbarlari ishtirok etishyapti.

Kun tartibida — fuqarolar va biznes-sektorning ehtiyojlariga asoslangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, ularni olishda ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish kabi masalalar.

Adliya vazirligi qoshidagi Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan 2017-yilning dekabr oyida tashkil etilgan. Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va tahlil natijalari uning yaratilishiga turtki bo‘ldi. Vaziyatni o‘nglamasa bo‘lmasdi: byurokratiya, ortiqcha ovoragarchilik, korrupsiya kabi illatlar xalqimizning davlat idoralari faoliyatidan noroziligini keskin oshirib yuborgandi.

Bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab 201 ta Davlat xizmatlari markazi faoliyat olib bormoqda: har bir shahar (tuman)da bittadan. Ilgarigi «Yagona darcha» markazlaridan asosiy farqi — davlat xizmatlari nafat yuridik, balki jismoniy shaxslarga ham ko‘rsatilishidir. Shu sababli 32 ta (2017-yili) xizmat turi hozir 100 dan oshdi. Sentyabr oyidan esa ular qatoriga aholi o‘rtasida ommalashgan 6 ta ya

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring