Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Deputatlar yana bir kunni ishlanmaydigan bayram sifatida belgilashni ma’qulladi

Deputatlar yana bir kunni ishlanmaydigan bayram sifatida belgilashni ma’qulladi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Mehnat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

2-may kuni o‘tkazilgan majlisda Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan — «O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan.

Qonun loyihasi bilan 11- noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kuni sifatida belgilash nazarda tutilmoqda. Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlash tizimini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingan. Endi senat ma’qullab, prezident imzolasa, qonun kuchga kiradi.

Hozirda kasaba uyushmalari tizimida 34 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlar samarali faoliyat ko‘rsatib, soha bo‘yicha 6 ming 700 dan ziyod xodim va 300 mingga yaqin faollar xizmat qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring