Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Dok-1 Maks ishi»da eksgumatsiyadan foyda yo‘q – mutaxassis

«Dok-1 Maks ishi»da eksgumatsiyadan foyda yo‘q – mutaxassis

Bugun, 3-noyabr kuni Jioyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida «Dok-1 Maks ishi» o‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Sud majlisida mazkur dori vositasi sabab vafot etgan bolalarning murdalarini eksgumatsiya qilish va sud-tibbiy ekspertizasini tayinlash masalasi muhokama qilinyapti.

Sudga guvoh sifatida chaqirilgan mutaxassis M.Sh.ning ma’lum qilishicha, bolalarning o‘limi kuzatilgan 2022-yilning oxiri va 2023-yilning boshlarida jami 9 nafar bolaning jasadi yorib ko‘rilgan va tegishli tadqiqotlar o‘tkazilgan.

Mutaxassisning aytishicha, «Dok-1 Maks» tarkibida aniqlangan me’yordan 300 baravar ortiq bo‘lgan etilenglikol bolalar organizmida aniqlanmagan. Chunki bu modda organizmga tushganidan keyin 30 kun ichida tarqalib ketadi. Bolalar esa ekspertiza o‘tkazilgunga qadar turli tashxislar bilan qator muolajalarni olib kelgan va bu 30 kundan ortiq vaqtni tashkil qilgan.  

– Biroq etilenglikol organizmga tushganidan keyin 30 kun ichida tarqalib ketadi va buyrak naychalarida oksalat tuzlarini hosil qiladi. Oksalat tuzi organizmdagi suvni tortib olgani va bolalarda peshob kelishining to‘xtab qolgani ularning o‘limiga sabab bo‘lgan, – deydi mutaxassis.

Sudya Musa Yusupov mutaxassisdan bolalarning murdalari ustida tadqiqot olib borishning haqiqatni aniqlashda berishi mumkin bo‘lgan foydasi haqida so‘radi.

– Eksgumatsiyada etilenglikolni aniqlab bo‘lmaydi. Chunki birinchidan, bu modda organizmga tushganidan 30 sutka o‘tib so‘rilib ketadi.

Ikkinchidan esa vafot etgan bolalarning yerga qo‘yilganiga taxminan bir yil bo‘lyapti. Shu bois eksgumatsiyada ulardan namunalar olish ehtimoli juda kam, – deydi mutaxassis.

Sud davom etyapti.

Eslatib o‘tamiz, sud advokatlarning eksgumatsiya haqidagi so‘rovini qoniqtirish yoki rad qilish masalasini hal qilishi kerak.     

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring