Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dollar kursi ko‘p yillar davomida sun’iy oshirib kelingan — AQSh savdo vaziri

Dollar kursi ko‘p yillar davomida sun’iy oshirib kelingan — AQSh savdo vaziri

Illyustrativ foto

Boshqa mamlakatlar AQShga eksport hajmini oshirish maqsadida ko‘p yillar davomida dollar kursini sun’iy ravishda baland ushlab kelgan, dedi AQSh savdo vaziri Hovard Latnik. Uning ta’kidlashicha, endilikda Donald Tramp ma’muriyati jahon savdosi qoidalarini o‘zgartirmoqda.

«Dollarning hozirgi darajasi tabiiyroq degan fikrdamiz. Biz ko‘proq eksport qilyapmiz va aynan shu sababli YaIM (yalpi ichki mahsulot) hajmimiz sezilarli darajada o‘sdi», — dedi Latnik Senatdagi tinglovlarda so‘zga chiqib.

Vazir AQSh iqtisodiyoti 2025 yilning IV choragida 5 foizdan ko‘proqqa o‘sishiga va 2026 yilning I choragida 6 foizlik ko‘rsatkichdan ham oshishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

Shuning barobarida, AQSh moliya vazirligi «kuchli dollar» siyosatini davom ettirishga undamoqda.

Ma’lumot uchun: Hovard Latnik Jeffri Epshteyn bilan birga tushlik qilgani ma’lum bo‘lgach, Senatdagi har ikki partiya vakillari uning iste’fosini talab qilyapti.

Biroq Latnik Trampning himoyasi ostida.

«Vazir Latnik Tramp jamoasining juda muhim a’zosi hisoblanadi va prezident vazirni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi», — deb bayonot berdi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring