Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dollarni davlat kursidan yuqori narxda sotayotganlar ushlandi

Dollarni davlat kursidan yuqori narxda sotayotganlar ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar A. va N.lar har bir AQSh dollarini 7.950 so‘mdan hisoblab, 8000 AQSh dollarini 63,6 mln. so‘mga sotishgan vaqtida ushlanib, ulardan 8000 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida fuqarolar J. va N.lar har bir AQSh dollarini 7.900 so‘mdan hisoblab, 2700 AQSh dollarini 21,3 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan 2700 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 19-iyundan e’tiboran dollarning kursini 7883,99 so‘m etib belgilagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring