«Dom»lar atrofidagi yashil hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish taqiqlandi
Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga ko‘ra, shu turdagi uylar va unga tutash yer uchastkalarida quyidagilar taqiqlanadi:
- tegishli ruxsatnomasiz daraxtlar va butalarni boshqa joyga ko‘chirib ekish yoki kesish;
- ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini metall parchalari, qurilish va maishiy va boshqa chiqindilar bilan to‘ldirish;
- daraxtlarga arqon va simlarni bog‘lash, belanchaklar osish, reklama taxtalarini yopishtirish;
- gulzorlar, maysazorlar va yo‘laklarni chiqindilar bilan ifloslantirish;
- ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar, bolalar va sport maydonchalari, katta yoshdagi aholining dam olishi, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan joylardan avtoturargoh sifatida foydalanish;
- ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish (beton yoki boshqalar bilan qoplash);
- yashil o‘simliklar bilan band bo‘lgan maydonlarga har qanday materiallarni to‘plash;
- yashil o‘simliklar yaqinidagi yo‘laklarga yashil o‘simliklar uchun zararli bo‘lgan kimyoviy moddalarni sepish yoki ushbu moddalar bilan sug‘orish.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter