Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DTM: yuzlab soxta harbiy tavsiyanomalar aniqlandi

DTM: yuzlab soxta harbiy tavsiyanomalar aniqlandi

Tekshiruvlar davomida 300dan ortiq soxta harbiy tavsiyanomalar aniqlandi. Bu haqda DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov AOKAda o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Joriy yilda harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega jami 13107 nafar abituriyentning 1828tasi qayta tekshirildi.

Qayta tekshiruv natijalariga ko‘ra, 1828 nafar abituriyentdan 1516 nafari tavsiyanomaga ega ekani, 172 nafari safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilgani, 85 nafari xizmatni o‘tamagani va 55 nafari muddatli harbiy xizmatni o‘tgan bo‘lsa-da, tavsiyanomaga ega emasligi tasdiqlandi.

Test natijalari tahlil qilinganda, 1615 nafar abituriyentdan 128 nafari davlat grantiga, 478 nafari to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring