Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoda qancha qul bor?

Dunyoda qancha qul bor?

Foto: «JoyReactor»

40 milliondan ziyod inson zamonaviy ko‘rinishdagi qullar, shulardan 71 foizi ayollar va qizlar. Qullikni bekor qilish xalqaro kuni (1-dekabr) qilgan murojaatida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ana shu noxush raqamlarni keltirib o‘tdi.

«Qullikning bugungi zamonaviy ko‘rinishi insonlarni kelib chiqishi bo‘yicha kamsitish, majburiy, bolalar, uy mehnati, majburiy nikohlar, qarz majburiyatlari, ishlatish yoki fohishalikka majburlash uchun odam savdosi, bolalarni qurolli nizolarga jalb etish kabi shakllarda namoyon bo‘lmoqda», — dedi BMT Bosh kotibi o‘z so‘zida.

Guterrish qullikning zamonaviy ko‘rinishidan, ayniqsa, qashshoqlar, irqiy va etnik ozchilik, tubjoy xalqlari va muhojirlar ko‘proq aziyat chekayotganini ta’kidladi.

Bosh kotib BMT a’zolari va bashariyat ahlini qullik qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash hamda bu jirkanch baloga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring