Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng badbo‘y hidli gul o‘g‘irlab ketildi

Dunyodagi eng badbo‘y hidli gul o‘g‘irlab ketildi

foto: internet, ochiq manba

Noma’lum shaxslar Germaniyaning Dortmund shahridagi «Rombergpark» botanika bog‘idan dunyodagi eng badbo‘y hidli gul sifatida tanilgan noyob  (Amorphophallus titanum) o‘simlikni o‘g‘irlab ketishdi.

Unga hatto David deb nom ham qo‘yilgan — og‘irligi 20-30 kg bo‘lgan noyob gulni ildizi bilan tuvagidan qazib olishgan.  

Ma’lumki, ushbu gul bir necha yilda gullaydi va guli bir necha kun badbo‘y (aynigan go‘sht kabi) hid taratib turadi. Bu faqat odamlarga shunday tuyulsa-da, hasharotlar, aksincha, uni uzoqdan izlab topadi. Changlanish shu tarzda sodir bo‘ladi.

Bog‘ ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, 2018- va 2021-yillarda o‘simlikning gullash mavsumida botanika bog‘iga minglab tashrif buyuruvchilar kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring