Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng boy o‘n kishisi bir kunda 14 milliard dollar yo‘qotdi

Dunyoning eng boy o‘n kishisi bir kunda 14 milliard dollar yo‘qotdi

Foto: «Mk.ru»

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi oqibatida jahon birjalarida pasayish kuzatilmoqda. Buni eng boy insonlar, ayniqsa, yaqqol his etishmoqda, «Bloomberg Billionaires Index»(BBI)ga ko‘ra, jahondagi eng boy o‘n inson bir kunda 14 mlrd. dollar yo‘qotishga uchradi.

Eng ko‘p yo‘qotish — eng boy insonda

«Amazon» kompaniyasi asoschisi va rahbari Jyeff Bezos bir kunda 3,25 milliardidan mahrum bo‘ldi, yil boshidan beri jami esa jami 15,7 milliard dollar zarar ko‘rdi. Shunga qaramasdan, hamon eng boy insonligicha qolmoqda.

«Facebook» asoschi Mark Sukerberg va «Microsoft» asoschisi Bill Geyts, «Google» xoldingi — «Alphabet Inc.» muassislari Larri Peyj va Sergey Brin, «Oracle» hamasoschisi Larri Ellison, «Berkshire Hathaway» investitsiya kompaniyasi rahbari Uorren Baffet bir kunda 1,3 dan 1,8 milliard dollargacha yo‘qotishdi.

Qizig‘i, jahonning eng boy kishilari yetakchi o‘ntaligidagi sakkiz nafari — amerikaliklar.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi boshlanganiga bir yildan oshdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring