Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ehromlardan ham ko‘hna: Turkiyada 11 ming yillik qabr topildi

Ehromlardan ham ko‘hna: Turkiyada 11 ming yillik qabr topildi

Foto: İHA

Turkiyada arxeologlar ilk bronza va neolit davriga oid oltita qabrni topishdi, deb xabar berdi Arkeonews. Bu topilmalar mazkur hududdagi ilk o‘troq jamiyatlarning dafn marosimlari, ijtimoiy hayoti va madaniy aloqalaridan darak beradi.

Qazishma ishlari Chanoqqal’a universiteti amaliy fanlar fakulteti dotsenti Savash Sarialtun rahbarligida olib borildi. May oyida boshlangan va besh oy davom etgan qazilmalar natijasida me’moriy qoldiqlar va qabrlar topildi.

«Oltita qabrning beshtasi ilk bronza davriga, bittasi 11 ming yil avvalgi neolit davriga tegishli. Bu topilmalar bizga Chayonyu jamoasi qishloq xo‘jaligi paydo bo‘lishidan murakkab jamiyatlarga qanday o‘tganini tushunishda yordam beradi», — dedi Sarialtun.

Foto: İHA

Tigr (Dajla) daryosi yaqinida joylashgan Chayonyuda 1964-yildan beri uzluksiz qazish ishlari olib boriladi, bu joy ilk qishloq xo‘jaligi yodgorligi sifatida tan olingan. Uning aholisi birinchilardan bo‘lib o‘simlik va hayvonlarni xonakilashtirgan va miloddan avvalgi 10 000 yillarda ko‘chmanchi hayot tarzidan uzoqlashgan.

Arxeologlar 1964-yilda Chayonyu 600 dan ortiq inson skeletini topishgan, ularning aksariyati neolit davriga mansub. So‘nggi topilgan oltita qabr neolit va ilk bronza davri o‘rtasidagi xronologik bo‘shliqni to‘ldirishda yordam beradi va bu maskanda aholi uzluksiz yashab kelganiga dalil bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring