Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ehtiyot bo‘ling! «Word» hujjatlarida xavfli virus paydo bo‘ldi

Ehtiyot bo‘ling! «Word» hujjatlarida xavfli virus paydo bo‘ldi

Foto: «Центр обучения IT»

Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar «Microsoft Word»da xavfli darz borligini topishdi. Xakerlar vord-faylga biriktirilgan videorolik orqali kompyuterni zararlashni o‘rganishibdi. Bu haqda «Cymulate» kompaniyasi xabar berdi.

Tadqiqotchilarning yozishicha, xakerlar matnga istalgan shakldagi, masalan, «YouTube»dan olingan videoni joylashtira olishadi. Shundan so‘ng faylni document.xml shaklida tahrir qilib videoga havolani zararli kod bilan almashtirib qo‘yishadi, foydalanuvchilar bu o‘zgarishlarni payqashlari juda qiyin.

Eng xavfli tomoni shuki, antiviruslar bunday hujjatlarni ochishda ehtimoliy xavf haqida foydalanuvchiga xabar bera olmaydi.

«Cymulate» yozishicha, hozircha bu muammoning yechimi yo‘q. Foydalanuvchilarga ichida videosi bor matnli hujjatlarni bloklash tavsiya etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring