Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng boy odam o‘zgardi

Eng boy odam o‘zgardi

Ellison va Mask.

Foto: ITC.ua

AQShdagi dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Oracle kompaniyasi asoschilaridan biri, 80 yoshli Larri Ellison birinchi marta jahonning eng boy kishisiga aylandi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Ellison yozning o‘rtalarida Mark Sukerberg (Meta)ni ortda qoldirib, dunyoning eng boy kishilari reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan edi.

Endi esa kimsan Ilon Maskni quvib o‘tdi: Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, hozir Ellisonning $393 mlrd, Maskning $385 mlrd qiymatidagi boyligi bor.

Oracle aksiyalari 1999-yildan buyon birinchi marta juda yuqori sur’atlarda qimmatlashmoqda.

Larri Ellison milliarderlar ro‘yxatida yuqorilashiga sabab sun’iy intellekt texnologiyalari o‘ta ommalashayotgani. Oracle aksiyalari «sun’iy idrok vasvasasi» asosiy benefitsiarlaridan biriga aylandi va ularning qiymati salkam uch baravarga oshdi. Oxirgi oylarda Oracle bulutli hisoblashlar sohasida yirik shartnomalarga erishdi, muhim mijozlardan biri — OpenAI kompaniyasi.

Ellison Oracle qimmatbaho qog‘ozlarining taxminan 35,4 foiziga egalik qiladi. Qolaversa, u 2018-yilda Tesla kompaniyasining 3 mln dona aksiyasini xarid qilgan va 2020-yilgi ma’lumotga ko‘ra, kompaniyadagi ulushi 2 foizga yetgan Mask Ellison boyligiga boylik qo‘shmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring