Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng katta kamerali smartfon taqdim etildi

Eng katta kamerali smartfon taqdim etildi

Foto: «Ferra.ru»

Eng katta kamerali smartfon — «Sharp Aquos R6» taqdim etildi. Telefon kamerasi datchigi 1 dyuym (2,54 santimetr)ga teng.

Bu, masalan, «Mi 11 Ultra»da ishlatilayotgan kameradan kattaroq. Biroq «Sharp Aquos R6»ning kamerasi eng katta bo‘lgani bilan, negadir, atigi 20,2 megapikselli. Smartfonning kameralar tizimida 3D ToF moduli ham bor. Kameraga Leica Summicron ob’yektivi o‘rnatilgan.

«R6»ning qolgan barcha jihatlari flagmanga xos: Snapdragon 888 protsessori, 6,6 dyuymli qabariq OLED-ekrani (WUXGA+ (2730 x 1260 piksel) 240 Gs.gacha yangilanish chastotasiga ega. Smartfonga sig‘imdor 5000 mAs akkumulyator o‘rnatilgan.

Smartfonning narxi hozircha ma’lum qilinmagan. Iyun oyining ikkinchi yarmida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring