Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng kuchli va kuchsiz pasportlar e’lon qilindi

Eng kuchli va kuchsiz pasportlar e’lon qilindi

Foto: International Investment

Kanadaning Arton Capital konsalting kompaniyasi talqiniga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklarining pasporti — dunyodagi «eng kuchli» pasport.

Amirliklar pasporti bilan 121 mamlakatga vizasiz borsa bo‘ladi. Qolaversa, amirliklar fuqarosi vizani 59 mamlakatga yetib borganidan so‘ng rasmiylashtirishi mumkin, faqat 18 mamlakatga borishdan avval ruxsat (viza) olish kerak. Umuman olganda, BAA pasporti 180 ball to‘pladi.

Reytingda keyingi o‘rinlarda: Germaniya, Shvetsiya, Finlyandiya, Lyuksemburg, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Avstriya, Daniya, Shveysariya va Janubiy Koreya.

O‘zbekiston (72 ball) pasporti 69-o‘rinda (yana 6 mamlakat 69-o‘rinda): vizasiz — 28 mamlakat, yetib borgandan so‘ng viza olish — 44 mamlakat, viza talab qilinadi — 126 mamlakat.

Reytingdagi qo‘shnilarimiz.
Manba: Passportindex.org

Solishtirish uchun: AQSh (172 ball) pasporti bilan 116 mamlakatga, Rossiya (123 ball) pasporti bilan 78 mamlakatga vizasiz borish mumkin.

«Eng kuchsiz» pasport Afg‘onistonniki (38 ball), faqat 5 mamlakat afg‘on fuqarolariga vizasiz kirishga ruxsat bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring