Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng yaxshi kameraga ega hamyonbop smartfon nomi e’lon qilindi

Eng yaxshi kameraga ega hamyonbop smartfon nomi e’lon qilindi

Foto: «mobinfo.uz»

Dunyoga mashhur «Thephonetalks.com» internet resursida hamyonbop yangi «Meizu M6T» smartfonining kamerasi real sharoitda tasvirga oladigan eng yaxshi kamera deya e’tirof etildi, deb xabar beradi «MobInfo.uz».

Nashr mualliflarining so‘zlariga qaraganda, «M6T»ning kamerasi — hamyonbop segmentdagi eng yaxshi hisoblanadi. Ular kameraning «portret rejimi»ni, yaxshi yoritilmagan sharoitda ham ajoyib ishlashini hamda dinamik diapazonini alohida ta’kidlab o‘tishgan.

Foto: «mobinfo.uz»

Eslatib o‘tamiz, «Meizu M6T» smartfoni joriy yilning iyulidan boshlab yetkazib beriladi. Hozircha narxi ma’lum emas.

«Meizu M6T»ning texnik tavsifi:

  • Aloqa: «LTE»ni qo‘llab-quvvatlovchi 2 ta nanoSIM-karta;
  • Displey: 5,7 dyuymli «LTPS», 2,5D oyna bilan himoyalangan;
  • Protsessor: 8 yadroli «Mediatek MT6750»;
  • Grafika: «Mali-T860 MP2;
  • Tezkor xotira: 2/3 gigabayt;
  • Ichki xotira: 16/32 gigabayt + 128 gigabaytgacha microSD;
  • Asosiy kamera: 13+2 megapiksell, f/2.2 + f/2.8, 5-elementli linza, fazali avtofokus, ikki qatlamli «vspishka»;
  • Frontal kamera: 8 megapiksell, f/2.0, 4 elementli linza, keng tasvirga olish burchagi;
  • Batareya: 3300 mA/soat;
  • O‘lchamlari: 152,3 x 73 x 8,4 millimetr.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring