Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

«Yengil sanoat sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.

Agentlik to‘qimachilik, charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik sanoati sohalarida ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik qoshida Yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Agentlik tomonidan yengil sanoat sohasidagi korxonalarga 2025-yil 1-oktyabrdan quyidagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari qo‘llaniladi:

  • xalqaro brendlarni jalb qilish, standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish;
  • eksport shartnomalari bo‘yicha sug‘urtalashni moliyalashtirish xarajatlarini qoplash hamda mutaxassislarni o‘qitish uchun grantlar ajratish;
  • xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, reklama kampaniyalarini tashkil etish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarining bir qismini qoplash.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring