Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer usti metrosi jaziramaga dosh bermayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Yer usti metrosi jaziramaga dosh bermayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda metropolitenning yer usti yo‘nalishidagi harakat tarkiblarida sovutish tizimi ishlamayotgani xususida xabarlar joylanmoqda.

Ushbu holat yuzasidan «Toshkent metropoliteni» DUK quyidagilarni ma’lum qildi:

Metropolitenning  «Yer usti xalqa yo‘li» yo‘nalishida harakatlanayotgan harakat tarkiblarining sovutish tizimi bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, kuchaytirilgan tartibda maxsus ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, bu ishchi guruh tarkibiga Rossiya Federatsiyasidan ham 15 dan ziyod soha mutaxassislari jalb etilgan. Ushbu mutaxassislar tomonidan doimiy ravishda tizimli ta’mirlash va tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda «Yer usti xalqa yo‘li» yo‘nalishida 10 ta harakat tarkibi harakatlanmoqda va shundan 8 tasi joriy yilda harid qilingan poyezdlar bo‘lib, ularning sovutish tizimi havo harorati +50°C issiqqacha belgilangan norma bo‘yicha ishlash imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, yana boshqa mavjud 2 ta harakat tarkiblari o‘tgan yillar davomida olib kelingan bo‘lib, asosan yer osti metro bekatlarida harakatlanishga mo‘ljallangan hamda ularning sovutish tizimi harorat +40°C gacha bo‘lgan issiqda ishlaydi. Shu sababli, jalb etilgan malakali mutaxassislar tomonidan, bu harakat tarkiblarining sovutish tizimlarining uskunalari modernizatsiya qilinmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida, yuzaga kelayotgan bu kabi kamchiliklar yaqin kunlar ichida to‘liqligicha bartaraf etiladi. Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz, deyiladi «Toshkent metropoliteni» DUK xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring