Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on dunyodagi eng nufuzli musulmon deb topildi

Erdo‘g‘on dunyodagi eng nufuzli musulmon deb topildi

Foto: «Vesti.ru»

Iordaniyada joylashgan Islom strategik tadqiqotlar markazi 2018 yilning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on eng yuqori pog‘onani band etgan. Bu haqda «Sabah.com» sayti xabar bermoqda.

Tadqiqotda Erdo‘g‘onning qiyin ahvoldagi Suriya va Afrika xalqlariga qilgan insonparvarlik yordami maqtalgan.

Ikkinchi o‘rinni Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz egallagan bo‘lsa, Iordaniya qiroli Abdulloh II esa uchinchi o‘rinni band etgan.

Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov ham ushbu ro‘yxatga kiritilgani haqda xabar bergan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring