Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on ShHTdagi ishtiroki uchun Yevropa Ittifoqiga hisob bermoqchi emas

Erdo‘g‘on ShHTdagi ishtiroki uchun Yevropa Ittifoqiga hisob bermoqchi emas

Rasmiy Anqara Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etgani uchun Yevropa Ittifoqiga (YeI) hisobot berish niyatida emas. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on PBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi Turkiyaning Yeni Şafak gazetasi.

«Yevropa Ittifoqi bizni o‘ziga yaqinlashishga imkon bermaydi va yana: «Nega u bu davlat bilan uchrashdi, nega boshqasi bilan uchrashdi?» deb so‘raydi. Biz hozirda Yevropa Ittifoqi oldida javobgar emasmiz», — dedi Turkiya rahbari.

U ShHT sammitida Xitoy rahbari Si Szinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashganini qayd etdi.

«Men barcha davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqdaman. Chunki biz hammamiz bu dunyoning bir qismimiz. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan uchrashuvlar o‘tkazganimizda «Nega ular bilan uchrashdingiz?» kabi savollar kelmadi», deya ta’kidladi u.

Avvalroq Erdo‘g‘on Turkiyaning ShHTga a’zo bo‘lish maqsadini ham ma’lum qilgandi. Bunga javoban Yevropa Ittifoqi Anqaradan tashqi siyosatini Bryussel bilan muvofiqlashtirishga chaqirdi. Turkiya 1999 yildan beri Yevropa Ittifoqiga nomzod sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring