Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on va Putin uchrashuvi so‘nggi umid sifatida baholanmoqda

Erdo‘g‘on va Putin uchrashuvi so‘nggi umid sifatida baholanmoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Vladimir Putin bilan don kelishuvi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga umid qilayotganini aytdi.

Turkiya yetakchisi Rossiya rahbarini avgust oyida Turkiyada kutayotganini aytgan. Tomonlar 17 iyulda tugaydigan don shartnomasini uzaytirish masalasini muhokama qilishni rejalashtirishgan.

«Kelgusi oyda Putinning tashrifini intiqlik bilan kutamiz. Agar u keladigan bo‘lsa, biz don koridori va Ukraina mojarosi mavzusini yuz foiz muhokama qilamiz. Men Putindan Turkiyaning vositachilik harakatlari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishini kutmayman», – degan Erdo‘g‘on.

Putin va Erdo‘g‘on o‘rtasidagi muzokaralar don bitimi bo‘yicha so‘nggi umid deb baholanmoqda.

Avvalroq, joriy yilning 5 iyul kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dimitriy Peskov chiqish qilib, don kelishuvi bo‘yicha Rossiyaga tegishli kelishuvlarning bir qismi hali amalga oshirilmaganini, shu bois hozircha bitimni uzaytirish uchun asoslar yo‘qligini aytgan edi.

Bundan tashqari, Rossiya tashqi ishlar vazirligi Rossiya va BMT memorandumi doirasida hech narsa qilinmaganini ta’kidladi. Bu Rossiya Federatsiyasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarini eksport qilish bo‘yicha talablarini bajarish kafolatlari, Rossiya qishloq xo‘jaligi bankining SWIFT tizimiga qayta ulanishi va boshqa bir qator masalalarga tegishli.

Ma’lumot uchun, 2022 yil 22 iyulda Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan Qora dengiz tashabbusi Ukrainadan don va oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan o‘g‘itlarni eksport qilishni nazarda tutadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring