Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erkinjon Turdimov: «Surxondaryo xalqidan bir umr qarzdorman»

Erkinjon Turdimov: «Surxondaryo xalqidan bir umr qarzdorman»

Foto: «Gazeta.uz»

Samarqand viloyatiga hokim bo‘lib tayinlanishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyat ahli bilan xayrlashdi.

«Men Surxondaryo xalqidan cheksiz minnatdorman. Bir yilu yetti oy vaqt mobaynida bu voha ahlidan juda ko‘p narsani o‘rgandim. O‘zimni Surxondaryo xalqidan bir umr qarzdor deb hisoblayman.

Mana shu davr mobaynida men bilan yelkama-yelka turib xizmat qilgan barcha-barchaga o‘zimning cheksiz cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman», — deb yozadi Turdimov «Feysbuk»dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Samarqand viloyati hokimi vazifasida ishlab kelgan Turobjon Jo‘rayev iste’foga chiqarilishi kutilmoqda. Surxondaryo viloyatiga esa Toshkent viloyati prokurori tayinlanishi haqida xabarlar bor.   

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring