Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron AQSh aviabazasiga zarba berdi — OAV

Eron AQSh aviabazasiga zarba berdi — OAV

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) AQShning Bandar-Abbos hududidagi harakatlariga javob tariqasida amerikaliklar foydalanadigan aviabazaga zarba berganini ma’lum qildi.

IRIB davlat telekanali tarqatgan bayonotda aytilishicha, AQSh harbiylari Bandar-Abbos aeroporti yaqinidagi obyektga aviatsiya orqali hujum uyushtirganidan so‘ng, mazkur hujum manbai bo‘lgan aviabaza nishonga olingan.

Tasnim agentligiga ko‘ra, zarbalar mahalliy vaqt bilan soat 04:50 da amalga oshirilgan. Biroq hujum qilingan aviabazaning aniq joyi ochiqlanmagan.

Ayni paytda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) amerikalik harbiylar to‘rtta eronlik kamikadze-dronni urib tushirgani va Bandar-Abbosdagi dronlarni boshqarish stansiyasiga zarba berganini tasdiqladi.

CENTCOM bayonotiga ko‘ra, bu harakatlar «faqat mudofaa maqsadida» va «o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlab qolish uchun» amalga oshirilgan.

Amerikaning ayrim OAVlari esa shu kecha Quvaytdagi havo hujumidan mudofaa tizimlari raketa va dron hujumlarini qaytarganini xabar qildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring