Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochdi, lekin uchta sharti bor

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochdi, lekin uchta sharti bor

Foto: AP Photo / Altaf Qadri

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochdi, biroq kemalar o‘tishi uchun 3 ta asosiy shartni ham e’lon qildi, deb xabar berdi Tasnim agentligi.

Birinchidan, bo‘g‘ozdan harbiy kemalarning o‘tishi taqiqlanadi. Kemalar faqat tijoriy bo‘lishi, ularning egalari va yuklari Eronga dushman hisoblangan davlatlarga aloqador bo‘lmasligi kerak.

Ikkinchidan, barcha kemalar faqat Eron belgilab bergan maxsus yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishi shart.

Uchinchidan, kemalar harakati Eronning maxsus kuchlari (Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi) nazorati ostida va ular bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Bo‘g‘ozni ochish masalasi ko‘p omillar, xususan, Livandagi urushning to‘xtatilishiga ham bog‘liq. Agar dengiz qamali davom etsa, Eron buni sulhning buzilishi deb baholashini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring