Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron hujumga o‘tdi — AQShning Iroqdagi aviabazalariga raketa zarbasi berildi

Eron hujumga o‘tdi — AQShning Iroqdagi aviabazalariga raketa zarbasi berildi

Eron tomonidan AQShning Iroqdagi harbiy ob’yektlariga raketa zarbalari berildi. Natijada Ayn-al-Asadda joylashgan aviabazadagi bir necha qiruvchi samolyotlar zararlangan. Ba’zi ma’lumotlarda esa bir nechta samolyot yo‘q qilingani aytilmoqda.

Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda jabrlanganlar va qurbonlar bor, ammo hozircha ularning soni noma’lum.

O‘ndan ortiq raketalar orqali yo‘llangan hujum Iroq g‘arbidagi Ayn-al-Asad aviaqarorgohi bilan birga Iroq g‘arbidagi Erbil aerodromiga ham yo‘naltirilgan edi. Eron islom revolyusiyasi qo‘riqchi korpusi tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu operatsiya «Jabrdiyda Sulaymoniy» deb nomlanadi va Bog‘dodda o‘ldirilgan Qosim Sulaymoniy uchun o‘ch olish maqsaddida tashkil etilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp hujum bo‘lib o‘tgach mamlakat mudofaa vaziri Mark Esper va davlat kotibi Mayk Pompeo bilan shoshilinch majlis o‘tkazdi. Shundan so‘ng u tvitterdagi sahifasiga «hammasi joyida», deb yozib qo‘ydi.

«Bugungi kunda bizda eng kuchli va eng yaxshi qurollangan armiya bor», — deydi Tramp. AQSh prezidenti bugun bayonot berishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring