Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa ittifoqi va Xitoy valyutalarini manipulyasiya qilyaptimi?

Yevropa ittifoqi va Xitoy valyutalarini manipulyasiya qilyaptimi?

Foto: «Reuters.com»

AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa ittifoqi va Xitoyni o‘z valyutalarini manipulyasiya qilayotganlikda aybladi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«Xitoy, Yevropa ittifoqi va boshqalar o‘z valyutalarini foiz stavkasida manipulyasiya qilyapti. AQSh ham o‘zining valyutasi foiz stavkasini oshiryapti, dollar esa kundan-kunga kuchayib boryapti. Bu esa bizni raqobatdan mahrum qilmoqda», — deb yozgan Tramp tvitter sahifasida.

U, shuningdek, AQShga noqonuniy valyuta manipulyasiyasi va noqonuniy savdo operatsiyalari tufayli qo‘ldan boy berilgan mablag‘larning o‘rnini to‘ldirishga ruxsat berilishi kerakligini ham ta’kidladi.

Avvalroq Tramp saylovlarda g‘alaba qozonganidan beri 3,4 million yangi ish o‘rni yaratilganini aytgan edi.

Prezident ish o‘rniga oid vaziyat yangi savdo bitimlaridan so‘ng o‘z samarasini bera boshlashini ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring