Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropaning besh davlati yetakchilari Alyaska sammiti bo‘yicha qo‘shma bayonot berdi

Yevropaning besh davlati yetakchilari Alyaska sammiti bo‘yicha qo‘shma bayonot berdi

Foto: AP

Yevropaning besh davlati yetakchilari — Emmanuel Makron (Fransiya), Fridrix Mers (Germaniya), Kir Starmer (Buyuk Britaniya), Jorja Meloni (Italiya) va Donald Tusk (Polsha) Tramp-Putin sammiti bo‘yicha qo‘shma bayonot berdi

Bayonotning asosiy mazmuni:

  • Yetakchilar Yevropa ko‘magida uch tomonlama sammit ustida ishlashga tayyor.
  • Ukraina, o‘z qurolli kuchlari uchun cheklovlarsiz va Yevropa Ittifoqi va NATOga qo‘shilish yo‘liga Rossiyaning veto qo‘yish huquqisiz, mustahkam xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘lishi kerak.
  • Ukraina o‘z hududlari bo‘yicha o‘zi qaror qabul qiladi.
  • Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etadi, adolatli va uzoq muddatli tinchlikka erishilmaguncha Rossiyaga nisbatan sanksiyalar va iqtisodiy bosim kuchayaveradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring