Yevropaning besh davlati yetakchilari Alyaska sammiti bo‘yicha qo‘shma bayonot berdi

Yevropaning besh davlati yetakchilari — Emmanuel Makron (Fransiya), Fridrix Mers (Germaniya), Kir Starmer (Buyuk Britaniya), Jorja Meloni (Italiya) va Donald Tusk (Polsha) Tramp-Putin sammiti bo‘yicha qo‘shma bayonot berdi
Bayonotning asosiy mazmuni:
- Yetakchilar Yevropa ko‘magida uch tomonlama sammit ustida ishlashga tayyor.
- Ukraina, o‘z qurolli kuchlari uchun cheklovlarsiz va Yevropa Ittifoqi va NATOga qo‘shilish yo‘liga Rossiyaning veto qo‘yish huquqisiz, mustahkam xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘lishi kerak.
- Ukraina o‘z hududlari bo‘yicha o‘zi qaror qabul qiladi.
- Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etadi, adolatli va uzoq muddatli tinchlikka erishilmaguncha Rossiyaga nisbatan sanksiyalar va iqtisodiy bosim kuchayaveradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter