Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Falastin rahbari zaharlandi: uning sanoqli kunlari qolgani aytilmoqda

Falastin rahbari zaharlandi: uning sanoqli kunlari qolgani aytilmoqda

Foto:«TRT»

Falastin muxtoriyati rahbari Mahmud Abbos bir necha oy ilgari juda kuchli strixnin moddasi bilan zaharlangan. Bu haqda Eronning «Press TV» kanali xabar berdi.

Xalqaro sionistlar tashkiloti a’zosi Isroil maxfiy xizmati «Mossad»dagi manbalariga tayanib o‘zining «Twitter»dagi sahifasida Falastin rahbarining bir necha oy ilgari kuchli og‘u hisoblanuvchi strixnin bilan zaharlanganini yozgan. Ushbu moddadan avvallari tulki, it va ko‘rsichqonlarni o‘ldirishda foydalanilgan, bugungi kunda u taqiqlangan moddalar qatoriga kiradi. Ushbu zaharli modda o‘limga olib keluvchi oshqozon-ichak saratoniga sabab bo‘lishi mumkin.

Manbaning xabar berishicha, shifokorlar oshqozon-ichak saratoniga chalingan Mahmud Abbosning sanoqli kunlari qolganini aytishmoqda.

Mahmud Abbos 8 kun oldin o‘ng o‘pka infeksiyasi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Uning yaqindagina shifoxonani tark etgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Falastinning oldingi rahbari Yosir Arofat ham 2004 yili jigaridan polonium moddasi bilan zaharlanib o‘ldirilgan edi. Bu haqdagi ma’lumotni uning bevasi Suha Shveysariyadagi laboratoriyada uning jasadi ustida o‘tkazilgan tekshiruvlardan keyin e’lon qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring