Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Faoliyatini Olimp cho‘qqisida yakunlagan Oksana: «Shunday tugaganidan xursandman» (foto, video, infografika)

Faoliyatini Olimp cho‘qqisida yakunlagan Oksana: «Shunday tugaganidan xursandman» (foto, video, infografika)

Kollaj

O‘tgan yakshanba, 8-avgust kuni 32-Yozgi Olimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Muxlislarsiz o‘tsa-da, Tokio-2020 dan unutilmas taassurotlar qoldi. Pandemiya sharoitida sport bayramining o‘tkazilishi dunyo ahlining sarosima va qo‘rquvlarini aritdi, biroz bo‘lsa-da yuqori kayfiyat va umid berdi.

Tokio Olimpiadasi yangi nomlarni kashf etdi, shu bilan birga, ayrim afsonalar bilan xayrlashdik. Oksana Chusovitina...

Oksana 46 yoshida sakkizinchi Olimpiadasiga bordi. Aksariyat gimnastikachilar faoliyatini 25 yoshidayoq yakunlaydi...

Chusovitina sportchilik faoliyatini to‘xtatishini Kunchiqar yurtda, Olimp cho‘qqisida e’lon qilishida ramziylik bor.

Qarsaklar sadolari ostida ko‘zda yosh bilan xayrlashish uchun oxirgi marta platformaga chiqqan Oksana kameraga ishora qilib, yuragini ko‘rsatdi: «Muxlislik qilganingiz uchun sizga katta rahmat!».

«Afsuski, finalga chiqa olmadim, lekin o‘ylaymanki, buning hech qanday qo‘rqinchli tomoni yo‘q, — dedi sportchimiz. — Chunki men gimnastikada, sportning ushbu turida qo‘limdan kelgan barchasini qildim. Bugun shunday tugaganidan xursandman — oyoqda qoldim va yiqilmadim».

Oksana Chusovitinaning sovrinlari:

  • Sobiq ittifoq birlashgan jamoasi tarkibida olimpiya chempioni (Barselona-1992);
  • Tayanib sakrash (sport gimnastikasi) bo‘yicha olimpiya kumush medali (Pekin-2008);
  • Uch karra jahon chempioni (1991, 2003);
  • Jahon chempionatlarining to‘rt karra kumush medali (1991, 2001, 2005, 2011);
  • Yevropa chempioni (2008);
  • Yevropa chempionati kumush medali (2002);
  • Yevropa chempionati bronza medali (1994, 2007);
  • Osiyo o‘yinlarining ko‘p karra sovrindori;
  • Sakkizta Olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan;
  • Sport faoliyatini davom ettirayotganlar orasida birinchi bo‘lib Sport gimnastikasi xalqaro shon-sharaf zaliga kiritilgan.
O‘g‘li Alisher bilan (ancha yillar oldingi foto).
Oilasi bilan (yaqin yillarda olingan foto).
Rio Olimpiadasidan so‘ng «Malibu»li bo‘lgan Chusovitina.

Oksana Chusovitinaning sportdagi ilk qadamlari (video)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring