Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada ayol o‘zini mashinadan tashladi

Farg‘onada ayol o‘zini mashinadan tashladi

Illyustrativ foto

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida ayol turmush o‘rtog‘ining «Damas»idan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi.

Bosh prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilishicha, 34 yoshli G.D. 28 oktyabr kuni soat 19:00 larda turmush o‘rtog‘ining «Damas»ida ketayotib, u bilan janjallashib qolgan va o‘zini mashinadan tashlab yuborib, olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Holat yuzasidan tuman prokurori rahbarligidagi tezkor tergov guruhi tomonidan hodisa joyiga chiqilib, hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, qon dog‘i namunalari tekshirib ko‘rish uchun olingan. Hodisa joyini tekshirish davomida chizmasi chizilgan, hodisa joyida «Damas»dan qoldirilgan 2,80 metr tormoz izi aniqlangan.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida G.D.da bosh miya ochiq jarohati, boshining ensa sohasida ezilib yirtilgan yara, boshining ensa, ikkala chakka asos suyaklari sinishi, bosh miya to‘r pardalari ostiga qon quyilishlari, bosh miya moddasining shishi, chap peshona sohasi qontalashi, ikkala tizza oldi yuzalarida shilinmalar, chap soni qontalashlar aniqlangani ko‘rsatilgan.

Hodisa joyi Qo‘qon tumanlararo sud tibbiy ekspertiza bo‘limi boshlig‘i ishtirokida qo‘shimcha ko‘zdan kechirilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring