Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada bojxona posti boshlig‘i pora bilan ushlandi

Farg‘onada bojxona posti boshlig‘i pora bilan ushlandi

Skrinshot.

Farg‘ona viloyatida bojxona posti boshlig‘i ushlandi. Bu haqda "Xavfsizlik" kanali xabar berdi

Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlaridan birining boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning Qirg‘iz Respublikasidan olib kelgan 80 dona “Iphone-16” rusumli uyali telefon apparatlarini tegishli rasmiylashtiruvlarsiz bojxona postidan noqonuniy o‘tkazib berganligi evaziga 5000 AQSh dollari hamda 1 dona “Iphone-16 Pro” telefon apparati talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bojxona organlari podpolkovnigi ushbu moddiy qiymatliklarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Avval Shahrisabz tumani FVB boshlig‘i ushlangandi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring