Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada Matiz ichidagi odami bilan portlab ketdi

Farg‘onada Matiz ichidagi odami bilan portlab ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida Matiz yuk mashinasiga urilib, portlab ketgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda dastlab, Tico yo‘l o‘rtasidagi svetoforga urilgani, so‘ng Matiz yuqori tezlikda svetoforning qoldiqlariga urilishi natijasida boshqaruvni yo‘qotib yuk mashinasi bilan to‘qnashgani aks etgan.

Farg‘ona viloyati IIB YHXB matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa 5 aprel kuni O‘zbekiston tumani «Tuyul» M.F.Y hududida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 1996 yilda tug‘ilgan M.M. Matiz’ni boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Natijada, 1974 yilda tug‘ilgan X.D. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomobiliga urilgan.

Matiz’da yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida haydovchisi M.M. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring