Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada o‘ziga o‘t qo‘ygan ishchi ayol voqeasiga Bosh prokuratura munosabat bildirdi

Farg‘onada o‘ziga o‘t qo‘ygan ishchi ayol voqeasiga Bosh prokuratura munosabat bildirdi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ishchisi (ayol kishi) ustiga benzin sepib, o‘zini yoqib yuborgani haqida «Daryo» yozgandi. Voqea kecha, 2-avgust kuni tushdan so‘ng ro‘y bergan.

«Sanobar opa aslida Toshloq tumanidagi Yakkatut qishlog‘ida yashaydi. Uning to‘rt nafar qizi bor. Eri ishsiz. Oilada yagona boquvchi bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatilgani unga qattiq ta’sir qilgan. Voqea sodir bo‘lgan kuni uning zavodga kirib chiqishiga ruxsat beruvchi ruxsatnomasi ham olib qo‘yilgan ekan. U esa ruxsatnomasini qaytarib berishlarini so‘ragan. Voqealar ruhiyatiga yomon ta’sir qilgan, shekilli, ustiga benzin sepib yoqib yuborgan», — degan «Daryo» bilan muloqot qilgan zavod ishchisi.

Qo‘shimcha qilinishicha, ayol yona boshlagach, uni o‘chirishga harakat bo‘lmagan.

«Sababi zavodning kirish joyida o‘t o‘chirish uskunasi ham bo‘lmagan. Hech kim yordam berolmagan. O‘chirolmagan. Sanobar opani 75 foiz kuygan deyishyapti», — degan axborot beruvchilar.

Zavod ishchilarining aytishicha, o‘ziga benzin sepib yoqib yuborgan ayol viloyat shifoxonasiga yotqizilgan.

Ushbu voqeaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi munosabat bildirdi.

Aytilishicha, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ishlovchi 47 yoshli ayol o‘zining ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan. Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Ayolning o‘zini yoqib yuborishi sabablari aniqlanmoqda.

Jabrlanuvchi ayolga ochiq olovdan kuyishi og‘ir darajasi tashxisi qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring