Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shunchaki o‘yinmas»: Toshkentdagi INHA universiteti talabalari kibersport turnirining final bosqichida

«Shunchaki o‘yinmas»: Toshkentdagi INHA universiteti talabalari kibersport turnirining final bosqichida

Foto: «Xabar.uz»

Toshkentdagi INHA universiteti talabalari kibersport turnirining final bosqichiga chiqishgani haqida universitet matbuot xizmati xabar berdi.

«Universitetimizdan terma jamoada 15 nafar o‘yinchi bor: Counter Strike: Global Offensive, DOTA 2, PUBG mobile kabi uchta yo‘nalishning har birida besh nafardan» — dedi kompyuter va dasturiy injiniring fakultetining 4-bosqich talabasi Muhammadyor Jo‘rayev.

Kibersport o‘tgan asr 80-yillari boshlarida paydo bo‘lgan. Zamonaviy kompyuter o‘yinlarini yuzaki tushunuvchilar ham topiladi, afsuski, kamiga har xil stereotiplar «olovga moy sepmoqda». Aslida bu sport bilan bolalikdan shug‘ullanish kerak, chunki yoshlikda reaksiya va idrokingiz yaxshiroq bo‘ladi. Ehtimol buni kompyuterdagi oddiy o‘yin deb qararsiz, bolalikda buni hamma ham anglab yetavermaydi. Kibersport shunchaki o‘yinmas, reaksiya, strategik fikrlash va jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantiradigan qiyin va ma’suliyatli ish.

Jo‘rayevning aytishicha, jamoaning ko‘p a’zolari yarim professional liga o‘yinchilari, ular Toshkentdagi INHA universitetidan tashqarida ham tanilgan. Masalan, Vadim Kimni hatto MDHda ham yaxshi bilishadi. Va undaylar jamoada ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlarining 32 jamoasi ishtirok etdi. Finalga chiqqanlar orasida inhachilar ham bor. Final esa 31-yanvar kuni katta sahnada oflayn ravishda, minglab tomoshabinlar va muxlislar ko‘z o‘ngida o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring