Forbes 400 – 2025 yilgi eng boy amerikaliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Forbes jurnali 9 sentyabr kuni AQShning eng boy 400 kishisi reytingini e’lon qildi. Ular umumiy hisobda 6,6 trln dollar boylikka ega bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 1,2 trln dollarga ko‘paygan.
Top-10lik:
1. Ilon Mask – $428 mlrd (qator to‘rtinchi yil yetakchi)
2. Larri Ellison (Oracle)
3. Mark Sukerberg (Meta)
4. Jeff Bezos (Amazon, Blue Origin)
5. Larri Peydj (Google)
6. Sergey Brin (Google)
7. Stiv Balmer (Microsoft)
8. Jensen Xuang (Nvidia)
9. Uorren Baffett (Berkshire Hathaway)
10. Maykl Dell (Dell)
AQSh prezidenti Donald Tramp ham ro‘yxatda – 201-o‘rin, boyligi $7,3 mlrd. U bir yil ichida 118 pozitsiyaga ko‘tarilgan.
Ayollar:
Ro‘yxatda 62 ayol (15 foizi) bor, o‘tgan yili 67 ta edi.
Eng boy ayol – Elis Uolton (Walmart vorisi).
Eng boy “o‘z qo‘l mehnati bilan boy bo‘lgan” ayol – Dayan Xendriks (ABC Supply).
Forbes ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxatdagilarning 71 foizi boylikka meros emas, balki o‘z mehnati bilan erishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter